четверг, 20 июня 2019 г.

            NON DARAXTLARI

             Non deganda, shirin bug‘doy unidan qilingan qip-qizil shirmoy kulchalar ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Shuningdek, bu ne'matning daraxtda ham o‘sadigan turlari bor.
      Janubiy Osiyo xalqlariga non daraxti qadimdanoq ma'lum va mashhur. Uning nomi artokarpus integra atalib, hosili shoxlarida emas, balki tanasining yo‘g‘on qismida joylashgan. Mevasi qovunsimon shalkda bo‘lib, uzunligi 30 sm.dan 90 sm.gacha, aylanasi esa 25-30 sm, og‘irligi 10-15 kg. keladi.
       Tarkibida kraxmal, shakar moddasi va biroz moy bor. Shuning uchun ham undan qadim zamonlardan hozirgacha non tayyorlab kelishadi (ayniqsa afrikaliklar). Non tayyorlash usuli juda oddiy: chuqurligi 1 metr, eni 1,5 metr keladigan o‘ra qaziladi. Uning ostiga va devorlariga banan barglari (xamirga aralashib ketmasligi uchun) to‘shaladi. Non daraxtining yetilgan mevalari bir necha  joydan qoziq bilan teshilib, o‘rtaga tashlanadi. Qarabsizki, bir necha kundan so‘ng mevalar achib xamirga aylanadi. Xamirdan esa patir kulchalar tayyorlanib, tandir yo qozonda pishiriladi.
Non daraxtining maniok (bu daraxt emas buta) deb ataluvchi turi ham mavjud. Non uning ildizidan tayyorlanadi. Bu usul Dominikada yashovchi aravak qabilasida yaxshi saqlanib qolgan.
     
Aslida, ildizi juda zaharli. Uning zahri ov qilishda yoy o‘qi hamda nayza uchiga surkaladi. Ammo qanchalik zaharli bolmasin, baribir undan non tayyorlashadi. Butaning ildizi kovlab olingach, maydalab tuyiladi va suv qo‘shib, xamir qoriladi. Xamirni qopga solib, og‘zi bog‘lanadi va qunt bilan uzoq eziladi, shunda suv zaharni yuvib ketadi. So‘ng xamirni qopi bilan sopol xumga solib, ustidan og‘ir tosh bilan bostirib qo‘yiladi. Suvi siqilgach, xamir achib, non yopishga tayyor holga keladi. 

Комментариев нет:

Отправить комментарий