пятница, 21 июня 2019 г.

QIRG'OQNI “HIS QILMAYDIGAN” DARYO
   
     Janubiy Amerika. Amazonka. Yam-yashil daraxtzorlar orasidan hapqirib toshadigan Maranon irmog'i Sharqiy Kordilera tog'i orqali Amazonka pasttekisligiga chiqadi va darhol Ukayli daryosi bilan qo'shiladi. Ana shu nuqtada hayratlarga sabab bo'ladigan dunyoning eng sersuv va ulkan daryosi paydo bo'ladi.
  6400 kilometrli “anhorcha” uzunligi jihatidan Nildan keyingi o'rinda turadi. Keyingi yillarda Amozonka Ukayali irmog'i bilan birlashib, 6992 kilometrga yetgani aytilmoqda. Amazonka 7180 ming kilometr kvadrat maydondan suv yig'adi. “Anhorcha”ga, taxminan, 500dan ortiq  irmoq va ko'plab yirik daryolar quyiladi. O'ng tomondan Ukayali, Jurua, Madeyra, Tapajos, Shingu, chapdan Isa, Yapura, Riu-Negru daryolari qo'shilib kengaya boradi. Uning o'rta oqimi kengligi 5, quyi oqimi 80, Atlantika okeaniga quyilish joyi 320 kilometrga boradi.
Amazonka suvining „teskari oqish“ hodisasi 1400 kilometr yuqori oqimgacha kuzatiladi. Bunga okeandagi qalqish hodisasi sababchidir. Amazonkaning chuqurligi o'rta oqimida, taxminan, 70 metr, quyilish joyida 15—45 metr. Daryo yilning hamma faslida suv bilan to'la bo'lishiga qaramasdan, may- iyunda qirg'oqni “his qilmay” to'lib-toshadi. U yil davomida o'z havzasidan 1 milliard tonna loyqa oqizib, qor, muz, yomg'ir suvlaridan to'yinadi. O'rtacha suv sarfi 220 ming m³/sek. Daryoning kemalar qatnay oladigan qismi uzunligi 4300 kilometrga yetadi. Yirik okean kemalari Manaus shahrigacha (okeandan 1690 kilometr uzoqlikda) bemalol qatnay oladi. Asosiy portlari: Ikitos, Manaus, Obidus, Santa-rel, Belen.
 
And tog'lari quchog'idagi Amazoniya
Amazonka  daryosi Amazonka pasttekisligidan oqib otadi. Bu pasttekislik Yer sharidagi eng katta pasttekislik. Maydoni 5 millon kilometr kvadratdan ziyod. Gviana va Braziliya tog'liklari oralig'ida, And tog'laridan Atlantika okeanigacha cho'zilgan. Janubiy Amerika platformasining sineklizasi (botig'i) uchlamchi davrning dengiz, koldaryo yotqiziqlari bilan to'lishi natijasida paydo bo'lgan. Bu yerda neft, marganes, gematit konlari bor. Amazonka pasttekisligining katta qismi ekvatorial iqlim, Yil boyi harorat +24 °C, +27 °C atrofida bo'lib, 1500—3000 millimetr yogin tushadi. Amazonka pasttekisligi doimiy yashil o'rmonlar bilan qoplangan. Bunday ormonlar ekvatorning har ikki tomonida yastanib yotadi. Janubiy Amerikada selva (portugalcha, “ormon”) deb nomlanuvchi ekvatorial ormonlar katta maydonlarga chozilgan. Amazonka havzasidagi ormonlar egallagan hududlarga Amazoniya deb nom berilgan. Bu yer flora va faunasi bilan xima-xil xazinalar makonini eslatadi.

Amazoniya kopgina qimmatbaho daraxtlar — kauchuk beradigan geveya daraxti, palmalarning har xil turlari, kakao daraxti, yogonligi 15 quloch keladigan, balandligi 80 metrli seyba — paxta daraxti, qimmatli yogoch beradigan sedrella daraxti, Braziliya nomining kelib chiqishiga sabab bolgan pay brazil daraxti (qizil daraxt), qovun daraxtlarining vatani hisoblanadi. Eng yengil va qattiq bals daraxti ham shu zonada osadi. Ormonlarda yirik daraxtlar tanasiga chirmashib ketgan osimliklar talaygina. Ekvatorial ormonlar tagida podzollashgan laterit tuproqlar — qizil-sariq ferralitlar vujudga kelgan.

Zonaning hayvonot dunyosi Osiyo va Afrika hayvonlari kabi daraxtlarda yashashga moslashgan. Masalan, dumi bilan osilib yashaydigan maymunlar, yalqovlar, hatto qurbaqa va kaltakesaklar ham daraxtlarda hayot kechiradi. Daryolar boyida, suv havzalarida va botqoqli yerlarda tuyoqli hayvonlar: tapirlar va suv chochqasi (karibarlar), eng yirik bogma anakonda iloni, boa bogma iloni, bushmaster (zaharli ilon)lar, yirtqich „daryo odamxori“ — piranya baligi va kaymanlar yashaydi. Qalin ormonlar orasida yirtqich hayvonlardan yaguar uchraydi. Qushlardan kolibri, xilma-xil totilar, katta shaftolixorlar kop tarqalgan. Yirik kapalaklar, yaltiroq qongizlar, orgimchaklar va chumolilar bu hudud tabiatini yanada gozallashtiradi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий