четверг, 20 июня 2019 г.

ZAYTUN TINCHLIK RAMZI
     

       Moy daraxti haqida eshitgan  bo‘lsangiz kerak. Bu zaytun daraxti bo‘lib, Ispaniya, Italiya, Fransiya, Gretsiya, Turkiya, Suriya, Livan, Falastin, Misr, Jazoir, Marokash kabi mamlakatlarda o‘sadi. Yog‘  uning xom yoki yetilgan mevasidan siqib olinadi. Zaytun daraxtidan yog‘ olish, taxminan, 2500 yil muqaddam Misrda kashf etilgan. Biroq Firavn Navuxodonosor davrida zaytundan yog olish texnalogiyasi sir tutilgan. Kim bu sirni oshkor qilsa, o‘lim jazosiga hukm qilingan va sirdan voqif bo‘lgan mamlakat ustiga qoshin tortilgan.
Shu  davrda bu o‘simlikka sajda qilingan, qilich ko‘tarib kelgan yovga qarshi yerli aholi qilich o‘rniga zaytun shoxlarini ko‘tarib chiqqan. “Bizning boshimizni emas, insonni to‘ydiradigan mana bu muqaddas daraxtni kes! Shu kesilsa, biz quriymiz” deyishgan. Shundan buyon zaytun tinchlik ramziga aylangan.

1 комментарий:

  1. Juda qiziqarli post uchun rahmat. Ishonamanki blogingizni yana shu kabi qiziqarli maqolalar bilan boyitasiz.omad

    ОтветитьУдалить