ARXIPELAG
Arxipelag– bir-biridan unchalik uzoq bo‘lmagan va odatda bir butun deb hisoblanadigan orollar to‘dasi. Bir arxipelagga kiradigan orollar paydo bo‘lishi, geologik tuzilishi, o‘simliklari, hayvonot dunyosi jihatidan o‘xshash bo‘ladi. Arxipelag paydo bo‘lishiga ko‘ra materik, marjon, vulqan orollariga bo‘linadi.
Malay arxipelagi – Yer yuzidagi eng yirik orollar toʻplami, Osiyoning materik qismi bilan Avstraliya oraligʻida. Jami 10 mingdan ortiq orollardan iborat boʻlib, umumiy maydoni 2 mln. km².ga yaqin. Katta Zond orollari, Kichik Zond orollari, Filippin va boshqa bir necha mayda orollardan iborat. Malay arxipelagida Indoneziya, Malayziya va Filippin davlatlari joylashgan. Relyefi, asosan, togʻli, 100dan ortiq harakatdagi vulqoni bor. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Eng baland joyi Kalimantan orolidagi Kinabalu togʻi bo‘lib, balandligi 4101 metrga teng. Yirik qalay konlari bor, neft, gaz, temir, nikel, mis, volfram, marganets rudalari, boksit qazib chiqariladi.
Iqlimi ekvatorial va subekvatorial. Tekisliklarda yil davomida harorat 23—26°. Yiliga 1000–2000 mm, togʻlarda 5000 mm.gacha yogʻin yogʻadi. Daryolari sersuv, biroq qisqa, ba’zilaridagina kema qatnaydi. Tuprog‘i qizil, qizilqoʻngʻir, togʻlarda qoʻngʻir va togʻ-oʻtloqi, vodiylarda allyuvial tuproqlar uchraydi. Tekislik va past togʻlar 1200–1300 m.gacha sernam torpik oʻrmonlar, undan yuqorisi subtropik oʻrmonlar bilan qoplangann, baʼzi joylari musson oʻrmonlari va savannalardan iborat. Daryo vodiylari va dengiz sohillarida mangra oʻrmonlari bor. Tekisliklarning katta qismi ekinzor. Flora va faunasi juda boy. Ularning 30—35 foizi endemik turlar. Faunasining eng xarakterli vakillari: odamsimon va itsimon maymunlar, fil, karkidon, malay ayigʻi, malay qizil boʻrisi.